avatar
Куч
0.02
Рейтинг
0.00

НУРИДДИН ЖУРАЕВ

Мақолалар

Insofning manzali qayda?

Блог им. jura
Xalqimizda ,, insofli '', ,, insofsiz'', ,,insofini yegan '', kabi so'z va iboralarni uchratishimiz mumkin. Xo'sh so'zlayotganimizning o'zi insof nima ?Uning manzili qayda? O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov insof iymonning amaldagi ifodasidir deya ta'rif beradi. Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham insof iymon bilan bog'liq ekanligini dalillar bilan isbotlab bergan .Lekin bugun dilimizni og'ritayotgan ayrim masalalar insof bilan bog'liq ekan keling shu haqida fikr yuritsak. Tunov kuni qo'shnimiz biznikiga chiqdi. Ancha gaplashib o'tirdik, gap insof mavzusiga kelib taqaldi .Suhbatdoshim kuni -kecha mahalladagi do'konga chiqqani va u yerdan 1kg shakar olgani, keyin uni boshqa tarozida o'lchab ko'rganida 750gr chiqqanini goh g'azab, goh alam, goh achinish bilan so'zladi. Aytingchi shu ham insofdanmi?
Talabalik yillarimdagi bir voqea sira esimdan chiqmaydi. Aniq esimda yo'q qaysidir bayram munosabati bilan guruhdagilar kelishib o'tirmoqchi bo'ldik .Men va yana ikki kursdoshimga bozorlik qilish vazifasi yuklandi .Uchovlon yo'lga tushdik .Bozor-o'charni qilib ko'chaga chiqdik .Bozor oldi gavjum .Aravakashlar ,,po'sht -po'sht ''deya o'z manziliga shoshilmoqda.Shunda bir aravakashning aravasi bir yuigitning shimiga tegib ketdi. Aravakash 45-50-yoshlardagi kishi ekan. Aravakash darhol kechirim so'radi. Evaziga yaxshigina ,, haqini oldi''…
Xo'sh zamondosh bunga nima deysiz?… davomi bor…